2021 yilning 25 mart kuni Toşkent viloyati Bekobod şahar IIB boşliği nomiga fuqaro 36 yoşli Muhammadorif G. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U turmuş örtoğining muqaddam foydalangan abonent raqamidan noma'lum ayol qönğiroq qilib, turmuş örtoği Şahlo V. bilan unga tegişli, sir saqlanişi lozim bölgan özaro surat va videoyozuvlarni internet orqali tarqatib yuboriş bilan qörqitib, 5 000 000 söm pul berişini talab qilayotganini bildirgan.

Qayd etilişiça, Bekobod şahar 14-dahasi hududidagi “Ziyoda” töyxonasi yaqinida taksi haydovçisi orqali berib yuborilgan 500 AQŞ dollarini noma'lum ayol tovlamaçilik yöli bilan olayotganida IIB xodimlari tomonidan uşlanib, undan 500 AQŞ dollar aşyoviy dalil tariqasida olingan.

Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida, uşbu jinoyatni 9-sinf öquvçisi, 15 yoşli Marjona X. sodir etgani aniqlanib, u Şahlo V.ga tegişli bölgan abonent raqamni sotib olib, uşbu raqamga “Telegram” oçib, eski xotiralarni tiklaşi natijasida özga şaxslarning foto va videolarini qölga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan voyaga yetmagan Marjona X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat kodeksi normalariga köra, bu turdagi jinoyatlar uçun 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanadi.