Rossiyalik kardiolog Lidiya Ionovaning fikriça, inson organizmidagi barça tizimlar töğri işlaşi uçun kuniga kamida 10 ming qadam, bir haftada esa 70 ming qadam yuriş kerak. Mutaxassisning ta'kidlaşiça, piyoda yuriş qişdan keyin özini tetik his qilişga yordam beradi.
«Tana yuriş, harakat qiliş va jismoniy faol bölişga moslaşgan. Şu sababli, kuniga 10 ming qadam yuriş har bir kişi uçun muhim bölgan minimal jismoniy faollik hisoblanadi. Gohida bir hafta içida bosib ötilgan qadamlar sonini hisoblaş qulayroq böladi. Haftasiga 70 ming qadam qişdan keyin özini tetik his qilişga yordam beradi», deb aytgan mutaxassis.
Ionovaning fikriça, skandinavça yuriş (tayoq bilan yuriş) köproq kaloriya yöqotişga imkon beradi. Bunday yuriş bilan töğri şuğullaniş muhim hisoblanadi.
«Skandinavça yurişda tayoqlarning balandligi töğri tanlanişi muhim. Bunday yurişda biz köproq kaloriya sarflaymiz, çunki qöl, bel, kökrak muşaklarini işga solamiz. Skandinavça yuriş qaçonki u bilan töğri şuğullanganda foydali», deb tuşuntirgan mutaxassis.
Şifokor ortiqça vazn yoki oyoq böğimlarida muammosi bor kişilarni yuguriş ular uçun xavfli bölişi mumkinligidan ogohlantirgan. Bunday kişilarga piyoda yuriş xavfsizroq hisoblanadi.












