ÖzA xabar berişiça, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon va uning rafiqasini Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan söng Vengriya delegatsiyasi Toşkentdagi Mustaqillik maydoniga yöl oldi.

Vengriya boş vaziri Viktor Orban Özbekistonga ilk rasmiy taşrifini Mustaqillik maydonidan boşladi.

Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qöydi.

ÖzA

Qayd etilişiça, mehmonlarga Mustaqillik maydonining mazmun-mohiyati, bu yerda amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari haqida sözlab berildi. Viktor Orban bu majmua özbek xalqini istiqlol ruhidan kuç olib, yanada ulkan marralar sari intilişida öziga xos mayoq bölib xizmat qilayotganini ta'kidladi.

Şundan söng Vengriya delegatsiyasi özi uçun ajratilgan qarorgohga yöl oldi.