Keça, 28 mart kuni Navoiy viloyatida kuçli yoğingarçilik kuzatildi. Ğozğon şahri, Nurota va Xatirçi tumanlarining ba'zi hududlarida kuçli sel oqib ötdi.
Ma'lumotlarga köra, 28 mart soat 08:00 dan 29 mart soat 08:00 oraliğida Navoiy şahrida 50 millimetr, Sentob-Nurota meteorologik stansiyasida 50 millimetr, Xatirçi tumanida 54 millimetr yomğir yoğgan.
«Meteorologiyada sutka davomida 30 millimetr va undan köp miqdorda yomğir yoğişi öta xavfli gidrometeorologik hodisa hisoblanib, tabiiyki, bu qiymat özi bilan turli tabiiy ofatlarni keltirib çiqarişi isbotlangan», — deyiladi gidrometeorologik ilmiy tahlillar Telegramm kanalidagi xabarda.
Ta'kidlanişiça, 28 mart kuni Xatirçi tumanida bir keça-kunduzda 1 gektar maydonga 540 tonna suv tuşgan.











