Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 29 mart kuni yangi qurilmalari taqdimotini ötkazdi. Taqdimotda bir neçta yangi gadjetlar, jumladan, Mi 11 Pro smartfoni namoyiş qilindi.
Mi 11 Pro hozirda sotuvda bölgan Xiaomi Mi 11’ning yaxşilangan versiyasi hisoblanadi.
Yangi smartfon 164,3x74,6x8,53 mm ölçamga ega. U Samsunğning 6,81 dyuymli, 3200x1440 pikselli AMOLED-ekrani bilan jihozlangan. Ekran barmoq izi skaneriga ega va Gorilla Glass Victus himoya oynasi bilan ta'minlangan. Uning çap yuqori burçagida 20 megapikselli kamera joylaşgan.
Smartfonning asosiy kameralar bloki uçta kameradan iborat bölib, 50 Mpli Samsung ISOCELL GN2 sensori va Dual Pixel Pro avtofokusiga ega kamerani, 13 Mpli OmniVision moduli va 5 karra optik hamda 50 karra gibrid kattalaştiruvçi 8 Mpli OmniVision teleobektivini öz içiga oladi. Asosiy kamera soniyasiga 1920 kadr çastota bilan Full HD-video hamda soniyasiga 30 kadr bilan 8K-videoni olişi mumkin.
Qurilma 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 888 protsessori, Adreno 660 videotezlaştirgiçi va Snapdragon X60 5G modemi bilan jihozlangan.
Xiaomi Mi 11 Pröning e'tiborga loyiq jihati kremniy-kislorodli anodga ega 5000 mA-soat siğimga ega akkumulyatori hisoblanadi. Gadjet quvvatlagiçsiz taklif qilinadi, biroq Xitoyda uni bepul oliş mumkin. Smartfon 67 Vtli simli va simsiz quvvatlagiçdan quvvatlanadi. U qurilmaga 36 daqiqa içida töliq quvvatlaniş imkonini beradi.
Smartfon IP86 standarti böyiça çang va suvdan himoya olgan Xiaomi tarixidagi ilk qurilma böldi. Kompaniyaning ta'kidlaşiça, sinovlar vaqtida smartfon 42 metr suv ostiga tuşirilganda ham işlaş qobiliyatini yöqotmagan.
Android 11 operatsion tizimi ostida işlovçi yangi qurilma 8 Gb tezkor xotira va 128 Gb doimiy xotira (760 dollar), 8 Gb tezkor xotira va 256 Gb doimiy xotira (810 dollar) hamda 256 Gb doimiy xotira (870 dollar) bilan sotuvga çiqariladi.












