Boş prokuratura rasmiy bayonotiga köra, joriy yil 28 yanvar kuni “Facebook” ijtimoiy tarmoğida fuqaro Klara Saxarova (marhumning opasi) ukasi Andrey Kubatinning ölimiga şifokorlar aybdor ekani va ularning harakatlariga baho berilişi kerakligi haqida murojaat qoldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilib, 2021 yil 28 yanvar kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toşkent viloyati filialiga komission sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Komission ekspertizaning 16-sonli xulosasiga köra, 1984 yilda tuğilgan A.Kubatin “COVID-19 infeksiyasi, oğir keçişi, asorati ikki tomonlama şifoxonadan taşqari interstitsial polisegmentar pnevmoniya, nafas yetişmovçiligi III-daraja, endogen intoksikatsiya, öpka şişi, öpka yurak qon tomiri yetişmovçiligi 3-darajasi, hamroh gipertoniya kasalligi, semizlik 1-2-darajasi, şuningdek, poliorgan yetişmovçilik tufayli vujudga kelgan ötkir öpka-yurak yetişmovçiligidan vafot etgan”.
Şuningdek, Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi xulosasida bemor A.Kubatinga nisbatan taşxis töğri qöyilgani körsatilgan.
Şu bilan birga, xizmat tekşiruvi hamda ekspertiza xulosalarida, marhum A.Kubatinning ölimiga sabab bölgan holatlar ya'ni - ikki tomonlama subtotal, interstitsial zotiljam oqibatida vujudga kelgan oğir darajali nafas va yurak qon tomiri yetişmovçiligi, töqimalar oğir darajadagi gipoksiyasi uning hayotlik davrida 2-son Zangiota maxsus klinika şifokorlari tomonidan aniqlangan bölib, tekşiruv va davo muolajalari Soğliqni saqlaş vazirligining 2020 yil 20 sentyabrdagi 8-son “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni profilaktika, diagnostika, davolaş va reabilitatsiyasi böyiça vaqtinçalik milliy metodik tavsiyasi”ga asosan töğri va asosli ötkazilgani qayd etilgan.
Tergovga qadar tekşiruv natijasiga köra, Zangiota tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil 28 fevral kuni jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqida qaror qabul qilingan.
Eslatib ötamiz, Andrey Kubatin vafotiga qadar (2019 yil dekabrdan buyon) Özbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazida faoliyat yuritib kelgan.
Toşkent davlat şarqşunoslik institutining katta öqituvçisi bölib işlagan yoş olim 2017 yili Jinoyat kodeksining 157-moddasi (“Davlatga xoinlik qiliş”)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda ayblanib hibsga olingandi. Öşa yili Kubatinga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi













