Keça, 2021 yilning 25 yanvar kuni, marhum turkolog olim Andrey Kubatinning nohaq qamalgani, qamoqxonada unga nisbatan amalga oşirilgan bosim, şuningdek, buning ortidan Kubatinning turmuş örtoği, farzandi, onasi va opasiga yetkazilgan ma'naviy zararni qoplaş yuzasidan fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudida sud majlisi bölib ötdi.

Ma'naviy zarar undiriş böyiça da'voni marhumning opasi Klara Saxarova kiritgan. Javobgar sifatida Toşkent şahar Moliya boşqarmasi sudga jalb etilgan va yetkazilgan ma'naviy zarar uçun 3,5 milliard söm mablağ undiriş söralgan.
Sud muzokaralari davomida Andrey Kubatinning opasi va turmuş örtoği da'vo summasini qöllab-quvvatladi. Javobgar, Toşkent şahar Moliya boşqarmasi vakili uşbu summa davlat budjeti hisobidan emas, balki marhumga ma'naviy zarar yetişiga sabab bölgan organlar, uni tergov qilgan taşkilotlar, prokuratura va ayblov hukmini çiqargan sud tomonidan qoplanişi kerakligini aytdi.
Taraflarning fikrini eşitgan sudya Hilola Ergaşeva iş böyiça boşqa masalalarni örganib çiqiş maqsadida sud majlisida tanaffus e'lon qildi.

Klara Saxarovaning aytişiça, u 2020 yilda Özbekiston harbiy sudiga 560 mln söm miqdorida moddiy zararni qoplaş töğrisida ariza bilan murojaat qilgan. 560 mln sömlik moddiy zarar – marhum olimning 2,5 yil qamoqda ötirgan davridagi oylik iş haqlari, turli ilmiy işlari uçun tölangan moddiy rağbatlantirişlar, şu davr davomida qamoqxonaga olib borilgan dori-darmon va kiyim-keçaklar, olimning yaqinlari tomonidan yuzlab davlat taşkilotlariga arz qiliş uçun ketgan yölkira va boşqa xarajatlarni hisobga olgan holda hisoblangan.
Sud Klara Saxarovaning da'vosini qisman qanoatlantirib, sud xarajatlari uçun sarflangan 462 ming sömni undiriş töğrisida qaror çiqargan. Hozirda Klara Saxarova uşbu sud qarori ustidan apellyatsiya tartibida şikoyat bergan, sud jarayonlari davom etmoqda.













