Andrey Kubatinning opasi Klara Saxarova

Sudda qatnaşgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, majlisga javobgar sifatida çaqirilgan Toşkent şahar Moliya boşqarmasi va da'vogar yaşaş joyi böyiça çaqirilgan qöşimça javobgar - Bektemir tumani Moliya boşqarmasi vakillari kelmagan.

Sud işi marhum Andrey Kubatinning opasi, da'vogar Klara Saxarovaning roziligi bilan javobgar taraflar iştirokisiz körib çiqildi.

Sud işida muzokaraga ötildi va da'vogarning muzokara nutqi tinglandi.

Sudya qaror qabul qiliş uçun alohida xonaga kirib çiqqanidan söng, iş böyiça hal qiluv qarorini e'lon qildi.

Unga köra, Klara Saxarovaning da'vo talablari qanoatlantirişdan rad etildi. Şuningdek, sudya protsess iştirokçilariga nima sababdan bunday qarorga kelgani haqida izoh berib ötdi. 

Da'vogarga sud qarori ustidan belgilangan tartibda şu sud orqali apellyatsiya şikoyati kiritiş huquqi borligi tuşuntirildi.

Sudya Ergaşeva Hilola

Eslatib ötamiz, şu yilning 25 yanvar kuni bölib ötgan birinçi sud majlisida marhum Andrey Kubatinning opasi javobgar Toşkent şahar Moliya boşqarmasidan yetkazilgan ma'naviy zarar uçun 3,5 milliard söm mablağ undirişni söragan edi.

Toşkent şahar Moliya boşqarmasi vakili

Javobgar - Toşkent şahar Moliya boşqarmasi vakili esa, uşbu summa davlat budjeti hisobidan emas, balki marhumga ma'naviy zarar yetişiga sabab bölgan organlar, uni tergov qilgan taşkilotlar, prokuratura va ayblov hukmini çiqargan sud tomonidan qoplanişi kerakligini aytgan.