Şikoyat arizasida dastlabki tergov davomida A.Kubatinga DXX xodimlari tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiq ötkazilişi natijasida u özi sodir qilmagan jinoyatiga iqror bölgani, özi sodir etmagan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingani va ukasiga nisbatan tergov jarayonida ruhiy va jismoniy tazyiq ötkazgan DXX xodimlari harakatlariga qonuniy baho beriş söralgan edi.

Boş prokuraturaning ma'lum qilişiça, mazkur murojaat yuzasidan 2021 yil 9 fevral kuni DXX tergov boşqarmasi tomonidan uşbu tergovda qatnaşgan DXX xodimlari harakatlari qonuniyligi örganib çiqilgan va jinoyat işi qözğatiş rad qilingan. Şuningdek, iş Harbiy prokuratura tomonidan ham nazorat tartibida örganilib, jinoyat işini qözğatişni rad qiliş töğrisida qarorni bekor qiliş uçun asoslar topilmagan.

«Murojaat yuzasidan 2021 yil 9 fevral kuni DXX tergov boşqarmasi tomonidan uşbu tergov harakatlarida qatnaşgan DXX xodimlari harakatlari qonuniyligini har tomonlama örganib çiqiş maqsadida tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.

Iş materiallaridan ma'lum bölişiça, A.Kubatin 2017 yilning 10 aprelidan 2017 yil 14 sentyabrga qadar tergov hibsxonasida saqlangan.

Hibsxonaga joylaştiriş va çiqib ketayotgan vaqtida uning badanida jismoniy jarohatlar kuzatilmagan, u soğliği böyiça heç qanday şikoyat bilan murojaat qilmagan va uning soğliği, ruhiy holati mutaxassislar tomonidan ijobiy baholangan.

Şuningdek, tergovga qadar tekşiruvda uşbu jinoyat işi qonun doirasida ötkazilgani hamda fuqaroga huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan heç qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiq ötkazilmagani aniqlanib, natijasiga köra jinoyat işini qözğatişni rad qiliş töğrisida qaror qabul qilingan.

Marhum A.Kubatinga nisbatan töplangan tergovga qadar tekşiruv materiallari Özbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida örganilib, jinoyat işini qözğatişni rad qiliş töğrisida qarorni bekor qiliş uçun asoslar topilmadi», – deyiladi rasmiy bayonotda.

Şuningdek, joriy yil 28 yanvar kuni marhumning opasi Andrey Kubatinning ölimiga şifokorlar aybdor ekani va ularning harakatlariga baho berilişi kerakligi haqida murojaat qoldirgan edi.

Holat yuzasidan Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilib, komission sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi xulosasida bemor A.Kubatinga nisbatan taşxis töğri qöyilgani körsatilgan va Zangiota tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil 28 fevral kuni jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqida qaror qabul qilingan.