Uç oy içida Özbekistonning Namangan viloyati va Qirğizistonning Jalolobod viloyati örtasida avtomobil qatnovi yölga qöyiladi. Bu haqda Jalolobod viloyati gubernatori boşçiligida Namanganga taşrif buyurgan delegatsiyani rasmiy qabul qiliş marosimi vaqtida Qirğizistonning Özbekistondagi elçisi Ibragim Junusov ma'lum qildi.
Elçining sözlariga köra, u elçi bölib iş boşlagan paytda 4ta nazorat-ötkazuv punkti (KPP) işlagan bölsa, hozirga kelib 8ta post faoliyat yuritmoqda. Ikki davlat rahbarlari uçraşuvi davomida barça 15ta nazorat-ötkazuv punktlarini oçiş böyiça topşiriq berilganini ham ta'kidladi.
Elçining aytişiça, davlat rahbarlari tomonidan ötkazuv punktlaridan ötayotgan fuqaro pasport tekşiruvi uçun bir yarim daqiqadan ortiq vaqti ketmasligini ta'minlaş böyiça körsatma berilgan.
Diplomat ikki taraflama ötkaziş punkti böyiça me'yoriy talablar hal etilgaç, Jalolobod va Namangan örtasida avtomobillar qatnovi yölga qöyilişini ham ma'lum qildi.
















