Qömitaning Mineral xomaşyo bazasini rivojlantiriş va qayta işlaş boşqarmasi boşliği Asror Rustamov ötgan 2020 yilda davlat zaxiralariga olingan konlar haqida ma'lumot berdi.
«2020 yilda respublika böylab bir neçta konlar davlat zaxiralar komissiyasida röyxatga olindi. Şundan, Qizilqumda 133 tonna zaxiraga ega «Çuqurquduq» oltin koni, 70–80 tonna başoratli resurslar bölgan konni davlat balansiga oldik.
Surxondaryoda qazib olinayotgan qörğoşin-rux koni yonida yana bir konni davlat zaxiralar komissiyasidan ötkazdik, «Çinorsoy» polimetall koni deb ataladigan bu kon nafaqat qörğoşin, balki oltin va kumuş zaxiralari mavjud kompleks metallarga ega.
Şuningdek, 2020 yildagi mehnat mahsuli bölgan - Olmaliqda katta mis koni yaqinda oçiliş arafasida turibdi. U joydagi 200 ming tonnadan ortiq mis zaxiralari operativ davlat balansiga olib qöyildi.
Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlari çegarasidagi Sariköl konida katta qiymatga ega volfram zaxirasini ham davlat röyxatiga oldik», deya zaxiraga olingan konlar haqida ma'lumot berdi Asror Rustamov.
Şuningdek, qömita boşqarma boşliği joriy yil geologik tadqiqotlar uçun texnologik yangilanişlarga 185 mlrd söm sarflanişi reja qilinganini oçiqladi.
«Bu işlar, albatta, davlat rahbari va hukumatimizning geologiya sohasiga qaratayotgan e'tibori samarasi deb bilaman. Şu bilan birga, joriy yilda Davlat geologiya qömitasiga 1 trln 200 mlrd söm mablağ ajratildi. Şundan 185 mlrd sömi texnikalarga sarflanadi. Bu bizning ilmiy faoliyatimizni amalga oşirişga katta yordam beradi», dedi Asror Rustamov.










