Avvalroq Fransiyaning 19 departamentida joriy etilgan qat'iy lokdaun endi butun mamlakat böylab - 96 departamentda ham amal qiladi. Bundan taşqari, mamlakatning butun hududida keçqurun yettidan ertalab oltigaça komendantlik soati amal qilib kelgandi, barlar, restoranlar, muzey, kinoteatr va boşqa jamoatçilik joylari yopilgandi.
Pandemiya davridagi uçinçi umummilliy lokdaun doirasida barça hududlarda soat 19:00dan komendantlik soati joriy qilinadi. Xodimlar iloji boriça masofadan işlaşga ötkaziladi. 5 apreldan boşlab kamida 3 haftaga bolalar boğçalari, maktab va kollejlar yopiladi. Oliy ta'lim muassasalari talabalariga haftada faqatgina bir kun öqişga borişga ruxsat beriladi.
3 apreldan boşlanadigan karantin doirasida quyidagi çeklov çoralari kiritilmoqda:
- xodimlar yana masofadan işlaşga qaytadi;
- eng zarur mahsulotlar sotiladigan dökonlardan boşqa hammasi yopiladi;
- bolalar boğçalari, maktablar va kollejlar uç haftaga yopiladi. OTMlar talabalari haftada bir marta darsga kelişi mumkin;
- uzrli sababsiz uydan 10 kilometrdan uzoqroqqa ketiş taqiqlanadi. Hududlararo safarlar faqat Pasxa bayramlari davrida mumkin.
Fransiya soğliqni saqlaş tizimi bemorlarning ulkan oqimiga duç kelmoqda: ayni vaqtda reanimatsiya bölimlariga yotqizilgan bemorlar soni 5 ming nafardan oşgan. Bu esa mamlakatda 2020 yil noyabrda kuzatilgan ikkinçi tölqin vaqtidagi eng yuqori körsatkiçdan köproqni taşkil qiladi.
Fransiya soğliqni saqlaş vazirligining çorşanba kungi ma'lumotiga köra, bir kunda 59 ming yangi kasallaniş holati qayd etilgan, pandemiya davrida virusdan zararlanganlarning jami soni 4,6 milliondan oşib ketgan, 95 ming 495 kişi koronavirus qurboni bölgan.
Makron qanday çoralar haqida gapirdi?
Çorşanba kuni töğridan töğri televizion murojaatida Makron mamlakatdagi vaziyat juda nozik ekanini aytgan va aprel hal qiluvçi palla bölişi mumkinligini qayd etgan.
«Agar hozir harakatimizni qilmasak, vaziyat izdan çiqib ketişi mumkin», degan u.
Prezidentning sözlariga köra, hozirda bir tomondan emlaş harakatlari va ikkinçi tomondan infeksiya tarqalişini töxtatiş harakatlari örtasida poyga keçmoqda.
«Vaksinatsiya, vaksinatsiya, vaksinatsiya», deya yozgan tvitterida prezident.













