Andijon va Navoiy viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliqlari tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qömitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Özbekiston prezidenti farmoyişiga asosan, Ravşan Nasimov Andijon viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.
R.Nasimov 1971 yil Samarqand viloyatida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 1993 yilda Toşkent moliya institutini “iqtisodçi” mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
Ravşan Nasimov bunga qadar Navoiy viloyati Davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.
R.Nasimov soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 1993 yilda Samarqand viloyati Siyob tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliqlarni taxminlaş va ularning tuşumini nazorat qiliş bölimi inspektori lavozimidan boşlagan.
- U 2020 yil yozidan Andijon viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği sifatida işlagan, 2021 yil fevralida Andijon viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga ötkazilgan Otabek Tursunov örnida iş boşlaydi.
Şuningdek, prezident farmoyişiga asosan, Anvar Botiraliyev Navoiy viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Anvar Botiraliyev 1977 yil Farğona viloyatida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 2001 yilda Farğona davlat universitetini “iqtisodiyot” mutaxassisligi, 2004 yilda Bank-moliya akademiyasini “Soliqlar va soliqqa tortiş” mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
A.Botiraliyev uşbu lavozimga tayinlangunga qadar Farğona viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari vazifasida işlab kelayotgan edi.
Anvar Botiraliyev soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 1997 yilda Farğona viloyati Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy şaxslarga soliq soliş şu'basi inspektori lavozimidan boşlagan.











