Andijon viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga Otabek Tursunov tayinlandi.
Otabek Tursunov 1984 yilda Andijon şahrida tuğilgan. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004 yilda Andijon şahar «Sanoat quriliş temp» mas'uliyati çeklangan jamiyati ta'minotçisi vazifasidan boşlagan.
U 2007-2010 yillarda Andijon viloyati davlat soliq boşqarmasi Banklar ma'lumotlari asosida soliq tölovçilarning budjet bilan munosabatlarini tahlil qiliş şu'basi davlat soliq inspektori, 2012-2014 yillarda Andijon viloyati davlat soliq boşqarmasi Yuridik şaxslarga soliq soliş bölimi boşliği lavozimida işlagan.
Otabek Tursunov 2020 yil yozidan buyon Andijon viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelayotgandi.
- 2013 yildan şu vaqtgaça Abdujabbor Egamberdiyev viloyat hokimining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat körsatayotgandi (dastlab iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantiriş, xizmat körsatiş sohasi va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimi keyinroq iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosar lavozimiga özgargan, hozirda moliya, iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosar).

















