«Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev Qaşqadaryodagi «Zevarda» konida siquv kompressor stansiyasining işga tuşirilişiga bağişlangan tadbirda yillar davomida tizim umuman yopiq bölganiga izoh berdi.
Abdullayev mazkur stansiyaning ikkinçi bosqiçi 14 yil ötib işga tuşirilgan bölsa-da, ötgan vaqt davomida bu yerga jurnalistlar umuman kelmaganini ma’lum qildi.
«Özbekneftgaz»ning yopiq bölganiga sabab, sun’iy ravişda yopiq bölgan. Oddiy tenderlar ham yopiq bölgan, mahsulot sotib oliş, qabul qiliş, ular bilan işlaşning hammasi yopiq bölgan. Kimlarningdir iştiroki bölgan. Prezidentimiz bitta masala qöyganlarki, şu narsalar oçiq bölsin. Men aytamanki, bitta mix olsak ham oçiq bölsin, xalq körib tursin.
Hozir biz onlayn körgazmalar qilyapmiz, har bitta zavodimizning 3D modelini yaratyapmiz. Oçib qöyamiz, mana nima olsak, marhamat, imkoniyati bölsa kirsin şunga, olsin.
Qarzlar masalasi ham yopiq bölgan. Undan taşqari, sohaning özi yopiq bölgan. Mana hozir kelib köryapsizlar, asosiy, muhim obekt bölsa ham, sizlarning imkoniyatlaringiz bor kelib körişga. Hozir bizning har bir xatti-harakatimiz oçiqlik, oçiqlik, oçiqlik», – dedi Mehriddin Abdullayev.
«Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisi şuningdek, tizimdan kuçli kadrlarning ketib qolgani, ularni qaytariş çoralari körilayotgani haqida gapirdi. U iqtidorlarning ketib qolganini ular öz vaqtida mehnatiga yaraşa rağbat olmagani bilan izohladi.
Mehriddin Abdullayevning sözlariga köra, tizimdagi xodimlarning oyligi şu vaqtga qadar umumiy xarajatning 4 foizini taşkil qilib kelgan bölsa, hozirgi kunda 7 foizga yetkazilgan.
Jurnalist Isomiddin Pölatov
Operator va montaj ustasi Faxriddin Hotamov










