Bu murakkab kasallik nisbatan kam uçraydi. Lekin bunday taşxis qöyilgan bir bemor ham oilasiga yetarliça taşviş tuğdiradi, özi ham bemisl azob çekadi. Ixtioz qanday kasallik? Davolanişi murakkab ekan, qaysi usullar bilan bemorning oğirini yengil qiliş mumkin? Özbekistonda bunday dardga çalinganlar, ayniqsa bolalar uçun qandaydir dasturlar bormi? Şu va boşqa savollarga javob oliş uçun şifokor-dermatolog Janna Medetova bilan suhbatlaşdik.

– Suhbatimiz boşida ixtioz özi qanday kasallik ekanligi haqida söz yuritsak.

– Hammamiz bilamizki, köp hollarda davolanadigan orttirilgan kasalliklardan taşqari tuğma, genetik jihatga boğliq kasalliklar ham bor. Ulardan biri — ixtioz. Bu teri kasalligi, kuçli quruqlaşiş, terining doimiy pöst taşlaşi şaklida va umuman, teri zaifligi oşişi bilan namoyon böladi. Aynan uşbu kasallik va u bilan qanday yaşaş mumkinligi, eng muhimi, Özbekistonda ixtiozga ega insonlar uçun nima qilinayotgani haqida afsuski köpçilik bexabar. Ixtioz –tuğilganda darhol yoki hayotning birinçi oylarida özini namoyon qiladigan genetik kasallik bölib, umr böyi davom etadi. Kasallik genlarning “parçalanişi” natijasida yuzaga keladi, buning natijasida teri hujayralarida dağallaniş jarayoni buziladi. Teri quruq böladi, unda baliq tangaçalariga öxşagan tangaçalar paydo böla boşlaydi, şuningdek, ba'zi organlar va tizimlar zararlanişi mumkin: köriş, eşitiş, tayanç-harakat tizimi, jismoniy va ruhiy rivojlaniş sekinlaşişi va hokazolar.

Kelib çiqiş sabablari turliça. Har ikkala ota-ona yoki ularning biri ixtiozga çalingan bölsa, barça bölajak farzandlar xavf ostida. Şuningdek, yaqin qarindoşlik nikohida tuğilgan bolalarda ham uçraş ehtimoli köp. Ixtiozning taxminan 40 turi mavjud, ammo barçasining asosiy xususiyatlari bir – terida tangaçalar şakllanişi, terining qurişi va qalinlaşişi. Şuning uçun bunday insonlarni “baliqça” deb ataşadi.

– Bugungi kunda ixtioz kasalligi qanday davolanadi?

 – Afsuski, ixtiozning davosi yöq, tibbiyot hozirça bu kasallikni töla-tökis bartaraf etişga ojiz. Ammo simptomatik davolaş, terini parvariş qiliş, gigiyena, turli xil terapiya va zarur vitaminlarni oliş orqali ixtiozli bemorlarning teri holatini sezilarli darajada yaxşilaş mumkin va şu orqali ularning kayfiyatini ham kötarsa böladi. Bundan taşqari, çömilişdan söng namlovçi moylar va kremlardan foydalaniş lozim. “Baliqçalar”ning ahvolini tabiiy omillar ham yaxşilaşi mumkin. Masalan, yozda ular terisining holati odatda sezilarli darajada yaxşilanadi.