Tayanç maktablar bilan ilmiy-tadqiqot institutlari örtasidagi özaro hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida 1 aprel kuni Mirzo Uluğbek tumanidagi Uluğbek şaharçasida fizikaga ixtisoslaşgan tayanç maktabining rasmiy oçilişi bölib ötdi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Prezidentning 2021 yil 19 martdagi «Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oşiriş va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bilan 28ta tayanç va 175ta fizika fani çuqurlaştirib öqitiladigan maktab (sinf)lar taşkil etilişi belgilangan edi, bunday maktablarni respublikaning har bir viloyatida taşkil etiş közda tutilgan.

Maktab Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Özbekiston Milliy universitetining Fizika fakultetiga biriktirilgan bölib, kelajakda fizik olimlar tomonidan tayanç maktabga aylantiriladi.

Mazkur maktab joriy yilda investitsiya dasturiga köra yangiça yondaşuv va dizayn asosida mukammal ta'mirdan çiqarilgan bölib, loyiha quvvati 1176 öringa möljallangan 4 qavatli binoni öz içiga oladi.
Maktabda öquvçilar uçun munosib şaroitlar yaratilib, fizika fanidan zamonaviy laboratoriya jihozlari (STEAM laboratoriya) bilan ta'minlangan.
Binoda 45ta öquv xonasi, 8ta xorijiy tillar, 2ta axborot texnologiyalari xonasi, 1ta kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari, 5ta muhim taşabbus doirasida tögarak xonalari, 219 örinli faollar zali, 1ta sport zali, 3ta oçiq sport maydoni, 2ta texnologiya xonasi, musiqa xonasi, zamonaviy kutubxona va tibbiyot hamda bolalar tiş şifokori xonasi, 128 örinli oşxona, hatto öqituvçilar uçun alohida xonalar tayyorlanib, töliq jihozlangan.



















