Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Zafarobod shaharchasida budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun har oyda taqdirlash puli to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Nizom Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 10 dekabrdagi 594-son “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar va ishchilar bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Zafarobod shaharchasida budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun har oyda taqdirlash puli to‘lash tartibini belgilaydi.
Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Zafarobod shaharchasida budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar, xodimning yuqorida keltirilgan shaharlar hududlaridagi budjet muassasalari va tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Muayyan davr ishlaganlik uchun belgilangan miqdordagi oylik to‘lovlar to‘lash huquqi xodimlar budjet muassasalari va tashkilotlarida ishlashni boshlagan vaqtdan boshlab yuzaga keladi.
Misol uchun, xodim 2000 yilning 1 iyulidan ishga qabul qilingan va 2000 yilning 1 iyuldan unga muayyan davr uchun stavka (oklad)ning 0,25 foiz miqdorida oylik haq to‘lanadi.
Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiritiladi:
Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi budjet tashkilotlarida ishlagan davri;
xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin amaldagi qonunchilikka asosan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi budjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davr.
Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar boshqa tashkilotdan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi budjet tashkilotlariga ishga kirganda, ish staji saqlanib qolinadi.
Bunda mulkchilik shaklidan qat'iy nazar boshqa tashkilotdagi (Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi budjet tashkilotlaridan tashqari) ish, budjet tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lanishi huquqini beradigan ish stajiga kiritilmaydi.















