Norma’ning yozişiça, pedagogika institutlari asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qöllaş könikmalariga ega professional oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaş;
  • institutning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş maqsadida xorijiy fuqarolar uçun ta'lim oliş imkoniyatini kengaytiriş va ilğor xalqaro tajribani tatbiq etiş;
  • öquv va ilmiy laboratoriya xonalari taşkil etiş, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlaş hamda öquv va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş;
  • respublika va xorijiy yetakçi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, şuningdek ilğor tajribani tatbiq etiş asosida öquv dasturlari va qöllanmalar işlab çiqiş;
  • xalqaro baholaş dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalaniş, aniq va tabiiy fanlarni öqitiş va baholaşning zamonaviy şakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etiş hamda uşbu bilim va könikmalarga ega bölgan pedagoglarni tayyorlaş.

Institutlarda öquv jarayoni 2021/2022 öquv yilidan boşlanadi.

Institutlar davlat gerbi tasviri tuşirilgan va öz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda şaxsiy ğazna hisobvaraqlariga ega böladi.

Pedagogika institutlariga talabalarni bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça qabul qiliş soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş parametrlaridan kelib çiqqan holda belgilanadi.

Institutlar universitetning öquv va ilmiy laboratoriyalaridan, sport inşootlaridan hamda axborot-resurs markazidan rejalaştirilgan dars jarayonlariga ta'sir etmagan holda tekin foydalanadi.

Pedagogika institutlariga kafedra mudiri va professor-öqituvçilarni tanlov asosida işga qabul qiliş universitet kengaşi qaroriga asosan amalga oşiriladi.