Jahon Banki Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 23 mamlakat böyiça öz hisobotini e'lon qildi. Unda mamlakatlarning 2021 va 2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi böyiça prognozlar berilgan. Xususan, unda Özbekistondagi vaziyatga doir tahlillar ham mavjud.

Qöllab-quvvatlaşlarni davom ettiriş zarur

Qayd etilişiça, 2020 yilda ösiş sur'atlarining keskin sekinlaşuvidan söng, 2021 yilda Özbekiston iqtisodiyoti Covid-19 inqirozi ta'siridan qisman tiklanişi prognoz qilinmoqda. Iqtisodiyot töliq tiklangunga qadar esa, pandemiyaning daromadi past oilalar va qattiq zarar körgan korxonalarga salbiy ta'sirini yumşatiş uçun ularni qöllab-quvvatlaş amaliyotini davom ettiriş kerak. Mamlakatning örta muddatli iqtisodiy istiqbollari ham ijobiy bölişi aytilmoqda. Özbekiston savdo hamkorlarining iqtisodiyoti va jahon iqtisodiyotining yaxşilanib borişi, şuningdek, hukumat davlat korxonalarining iqtisodiyotdagi rolini qisqartiriş böyiça islohotlarni hamda işlab çiqariş samaradorligini oşiriş çoralarini köriş kerak. Bu xususiy sektorda ösişni qöllab-quvvatlaydi. Kambağallikni qisqartiriş jarayonini jadallaştiriş uçun aholining rasmiy bandligi, fuqarolarning daromadlari va iqtisodiy imkoniyatlarning oşişiga olib keladigan islohotlarga e'tibor qaratiş lozim.

Islohotlarning murakkab bosqiçi boşlanmoqda – asosiy masala şaffoflikni ta'minlaş

Hisobotda Özbekiston iqtisodiyotini pandemiyadan tiklanişidagi asosiy muammolar hamda qilinişi kerak bölgan işlar haqida ham söz boradi. Bozorni liberallaştiriş jarayonining boşlanğiç bosqiçi tugaganidan söng, Özbekiston yerdan foydalaniş va egalik qiliş huquqi, mehnat bozori va kapital bozorini isloh qiliş, şuningdek davlat korxonalarini transformatsiya qiliş bilan boğliq islohotlarning navbatdagi, murakkabroq bosqiçiga ötmoqda.

Örta muddatli eng muhim vazifa islohotlarning inklyuzivligi va şaffofligini ta'minlaş böladi. Davlat korxonalarini isloh qiliş jarayonini jadallaştiriş hamda xususiy sektor keltirib çiqaradigan raqobatbardoş va inklyuziv iqtisodiy ösiş modelini yaratiş orqali davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytiradi. Natijada, bu davlat tomonidan boşqariladigan model merosiga barham berişga yordam beradi. Garçi oldingi iqtisodiy ösiş modeli YaIM ösişining yuqori sur'atlarini ta'minlagan bölsa-da (2000 yildan 2016 yilgaça bölgan davrda yiliga örtaça 6%), tez ösib borayotgan aholi uçun iş örinlari va fuqarolar uçun iqtisodiy imkoniyatlar yaratolmadi.

Aholining 9 foizi kambağallik çegarasidan pastda

Covid-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqiroz bozor iqtisodiyotiga ötişning yanada muhimligini namoyiş etdi. Mamlakat aholisining qariyb 9 foizi hali ham kambağallik çegarasidan (Jahon banki tomonidan örtaça past daromadli mamlakatlar uçun hisoblab çiqilgan - sotib oliş qobiliyati pariteti böyiça har bir kişiga kuniga 3,2 dollar) pastda yaşamoqda. Bundanda köproq fuqarolar uşbu çegaraga yaqin yaşaydilar. Karantin çeklovlari örnatilgan vaqtda bu muammo yanada keskinlaşdi – yana bir millionga yaqin fuqaro kambağallik çegarasidan pastga tuşib qolgan.