Myanmalik harbiylar internet-provayderlardan mamlakatda keng polosali simsiz aloqani öçirişni talab qilişdi. Bu haqda Myanma telekommunikatsiya operatorlariga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Harbiylarning provayderlarga yöllagan maktubida ulardan qonunga muvofiq uşbu körsatmani bajariş talab qilingan. Biroq bu talabning aniq sababi tuşuntirilmagan.
Myanmalik harbiylar 1 fevralda mamlakat rahbariyatini hokimiyatdan çetlatib, respublikada bir yilga favqulodda holat kiritilişini e'lon qilişgandi. Armiya vakillari buni mamlakatda 2020 yil noyabrda ötgan saylovlarda katta kölamli soxtalaştirişlarga yöl qöyilgani bilan tuşuntirişgan. Mamlakat aholisi şundan beri harbiylarga qarşi namoyişlar uyuştirmoqda. Bu norozilik namoyişlari xavfsizlik kuçlari tomonidan keskin tarzda bostirilmoqda.












