Rossiyaning töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi Xitoyning TopRidge Pharma farmatsevtik kompaniyasi bölinmasi bilan Xitoyda “Sputnik V” vaksinasini işlab çiqariş böyiça kelişuvga keldi. Kelişuvga köra, Xitoyda yiliga 100 mln dozadan köproq “Sputnik V” işlab çiqariladi.  

Jamğarmada ta'kidlanişiça, uşbu miqdor 50 mlndan köproq odam emlanişini ta'minlaydi.

“TopRidge Pharma vaksinani Xitoyning qit'adagi qismi, Hongkong, Makao va Tayvanda tarqatiş huquqini oladi”, deyilgan xabarda.

Jamğarma boş direktori Kirill Dmitriyevning ta'kidlaşiça, uşbu hamkorlik “Sputnik V”ni Xitoyda işlab çiqariş uçun imkoniyatlarni oşirişga hamda hamkorlarga pandemiya ustidan ğalaba qozonişda yordam beradi.

Avvalroq Gamaleya nomidagi markaz xodimi Inna Doljikova butun dunyoda “Sputnik V”ning 10 mlndan köproq töplami fuqarolik aylanmasiga kiritilganini ma'lum qilgandi.