Vaşington Eron yadroviy dasturi böyiça Venada bölib ötadigan muzokaralarda qatnaşadi, ammo AQŞ va Eron delegatsiyalari örtasida töğridan töğri muloqotlar ötkazilmaydi.
“Hozirça biror narsa haqida gapirişga hali erta va biz tezkor siljişni kutmayapmiz, çunki oldinda bizni qiyin muzokaralar kutmoqda. Lekin buni oldinga taşlangan yaxşi qadam deb hisoblaymiz”, – dedi davlat departamenti vakili Ned Prays.
CNN telekanalining xabariga köra, AQŞ va Eron vakillari örtasida töğridan töğri uçraşuv ötkazilmaydi, biroq Vaşington delegatsiyasi kelişuvning boşqa iştirokçi mamlakatlari vakillari bilan uçraşişni rejalaştirmoqda.
Eron yadroviy kelişuvi böyiça qöşma komissiyaning navbatdagi uçraşuvi 6 aprel kuni Venada ötkaziladi, deb xabar berdi “Al-Jazira” telekanali jurnalisti Ali Hoşim.
“Bugun Eron va kelişuvning boşqa a'zolari – Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Germaniya hamda Xitoy uçraşuvidan söng tomonlar seşanba kuni Venada uçraşişga kelişib oldi”, – deb yozdi u tvitterida.
















