30 mart kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksiga qöşimça qöşildi.
Endilikda kodeksning 158-moddasi 3-qismiga asosan, Özbekiston Respublikasi prezidentini internetda haqoratlaş yoki unga tuhmat qiliş:
- 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki –
- 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud –
- 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Xöş, aslida bu yangilikmi? Qisman, ha. Biroq e'tiborga oliş kerakki, prezidentni haqoratlaganlik yo unga tuhmat qilganlik uçun javobgarlik avval ham bor edi. Faqat bunda huquqbuzarlik yo omma oldida, yoki OAVdan foydalangan holda amalga oşirilgan bölişi lozim edi.
Yangilik şundaki, endi javobgarlik internetdagi haqorat va tuhmat uçun ham belgilanmoqda. Jazolar esa öşa-öşa, özgarmagan.
Bunga qadar amalda bölgan tartibga köra, internetda prezidentga nisbatan tuhmat yoki haqoratli izoh qoldirgan şaxs MJtKning 40-41-moddalari yoki JKning 139- va 140-moddalariga muvofiq (bu moddalar mos ravişda «Tuhmat» va «Haqorat qiliş» deya nomlanadi) javobgarlikka tortilişi mumkin edi, ammo buning uçun prezident yoki uning vakilining arizasi talab etilardi.
Kodeksdagi özgarişdan söng, şaxsning internetdagi biror blog, ijtimoiy tarmoqdagi şaxsiy sahifa yoki biror bir xabar ostidagi izohda ham prezidentga haqorat yoki tuhmatni ifoda etadigan ma'lumotni aks ettirişi (matn, surat, audio, video kabi şakllarda) töğridan töğri jinoiy javobgarlikka tortişga sabab böladi.











