El Cronista naşrining şifokorlarga tayanib xabar berişiça, Fernandesning PsR-testi musbat çiqqan. Ularning ta'kidlaşiça, prezidentda kasallik vaksinaning himoyalovçi ta'siri evaziga yengil ötmoqda.
3 aprelda Fernandes koronavirusga topşirgan antigen testi musbat çiqqanini ma'lum qilgan. Argentina yetakçisining ta'kidlaşiça, u yengil boş oğriği va harorati 37,3 darajaga kötarilgandan keyin virusga tahlil topşirişga qaror qilgan.
62 yoşli Fernandes virusga çalinganiga qaramay, aholini emlanişdan boş tortmaslikka çaqirgan. “Agar men emlanmaganimda, unda hozir ahvolim oğir bölişi mumkin edi”, deb ta'kidlab ötgan Argentina rahbari.
Fernandesning rafiqasi Fabiola Yanes ham virusga test topşirgan, biroq uning natijasi manfiy çiqqan.
“Sputnik V”ni işlab çiqqan Rossiyaning Gamaleya nomidagi markazida Fernandesga tezroq soğayib ketiş tilab qolingan. Markazda ta'kidlanişiça, vaksina koronavirusga qarşi 91,6 foiz samarador hisoblanadi hamda kasallikning oğir keçişidan 100 foiz himoyalaydi.
“Agar virus emlanganlarda aniqlangan bölsa, unda vaksina ularning oğir asoratlarsiz tez tuzalib ketişini ta'minlaydi”, deyilgan markazda.












