Poytaxt hokimligi xabariga köra, qarorga muvofiq 7 apreldan Toşkent şahrida markazlaşgan issiqlik ta'minotidan foydalanuvçilar uçun isitiş mavsumi yakunlanadi.

Qayd etilişiça, şundan söng navbatdagi, 2021-2022 yilgi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş işlari belgilangan tartibda boşlanadi.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahar hokimi qaroriga asosan 2020 yil 15 oktyabr kunidan poytaxtda isitiş mavsumi boşlangandi.

Isitiş mavsumiga ötiş 2 bosqiçda amalga oşirildi. Birinçi bosqiçda – ijtimoiy soha obektlarida (maktabgaça ta'lim, xalq ta'limi va soğliqni saqlaş muassasalarida), ikkinçi bosqiçda – köp qavatli uy-joylar va ma'muriy binolarda.