Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi smartfonlar işlab çiqarişni töxtatmoqçi. Kompaniyaning ta'kidlaşiça, u öz e'tiborini boşqa istiqbolli sohalarga, jumladan, elektromobillar, buyumlar interneti va biznes uçun yeçimlarga mujassamlaştirişni rejalaştirmoqda. 

“LĞning raqobat öta kuçli bölgan mobil telefonlar tarmoğidan çiqiş böyiça strategik qarori unga elektromobillar uçun komponentlar, aqlli uy, robototexnika, sun'iy ong, biznes uçun yeçimlar hamda platformalar va servislar kabi istiqbolli sohalarga e'tiborini mujassamlaştirişga imkon beradi”, deb aytilgan kompaniya bayonotida.

Ta'kidlanişiça, kompaniya mobil telefonlar biznesini 31 iyulga qadar tugatmoqçi. Kompaniyaning hozirgi mobil telefonlari şu muddatgaça, ba'zilari esa undan keyin ham sotuvda qoladi. Bundan taşqari, LG Electronics muayyan vaqt davomida mobil mahsulotlari egalari uçun servis xizmati körsatişni va dasturiy ta'minotni yangilaşni davom ettiradi.  

LG Electronics kompaniyasi LG Group guruhining bir qismi hisoblanadi va 1995 yildan beri hozirgi nomi bilan ma'lum. Kompaniya mahsulotlari turli maişiy texnika, mobil qurilmalar, aqlli uskunalar, smartfonlar va boşqalarni öz içiga oladi. Kompaniyaning LG Mobile Communications bölinmasi 1990 yillardan beri mobil telefonlar işlab çiqaradi. 2004 yilda kompaniya dunyoda birinçi bölib mobil televideniye texnologiyasini qöllab-quvvatlovçi telefonni (DMB), 2011 yilda esa 3D - displeyli ilk smartfonni (LG Optimus 3D) taqdim etgan. Uning Google Android operatsion tizimi ostida işlovçi birinçi smartfoni - LG GW620 2009 yilda işlab çiqarilgan.