“Özgidromet” xabariga köra, Özbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida turli xil aprel oylari kuzatilgan. Ekstremal quruq, yoğingarçilik umuman bölmagan yoki ularning oylik miqdori me'yordan 10 foizdan köp bölmagan.
Toşkentda 1975 yil aprel oyi eng quruq bölgan yilga aylangan. Yoğingarçilik atigi ikki marta bölgan va ularning miqdori 2 mm.ni taşkil etgan, bu aprel oyi me'yorining 3 foizini taşkil etadi. 1990 yil aprel oyi eng nam bölgan yil sifatida qayd etilgan, bunda bir oyda yoğingarçilik oylik me'yordan 300 foiz atrofida bölgan, yoğingarçilik kuzatilgan kunlar soni 19 kunni taşkil etgan.
Meteorologik kuzatuvlarning butun tarixida keça-kunduz uçun yoğingarçilik böyiça rekord 2009 yilning 8 aprel kuni qayd qilingan. Uşbu kunda Toşkentda 65 mm yomğir yoğgan, bunda aprel oyining oylik me'yori 62 mm.ni taşkil etgan.
Odatda aprel oyining harorat foni ham beqaror böladi. Havoning jadal isişi, qisqa muddatga haroratning sovuq darajagaça pasayişi, deyarli sovuq bilan almaşişi mumkin. Özbekiston aholisi ötgan yilgi aprel oyining birinçi ön kunligi oxirida qor yoğganini, bunday qor hatto qişda ham yoğmaganini eslasa kerak.
Sinoptiklar prognozlariga köra, bu yilning aprel oyi iliq böladi, hududlarning köp qismida odatdagidan 1-2 darajaga iliqroq böladi.
4 aprel, yakşanba kuni va duşanbaga ötar keçasi Özbekiston hududi böyiça yomğir yoğib ötdi, toğoldi va toğli hududlarda kuçli böldi, baland toğlarda yomğir qorga aylandi.
Bugungi kundan boşlab va oyning örtasigaça respublika böyiça asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda.
Havo harorati keçalari 6-11 daraja iliq, kunduz kunlari 19-24 daraja issiq atrofida böladi. Respublikaning şimoliy, janubiy va çöl hududlarida oyning birinçi ön kunligida havo harorati kunduz kunlari 26-29 daraja issiqqaça kötariladi.
Oyning ikkinçi ön kunligida harorat keçalari 10-15 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari esa harorat 20-25 daraja issiqdan 25-30 daraja issiqqaça özgarib turadi.
“Umuman olganda, joriy yilning aprel oyida yoğingarçilik me'yordan kam bölişi kutilmoqda, ammo ba'zi kunlarda şiddatli yomğir yoğişi mumkin. Kuçli, toşqin yomğirlar respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sellarni vujudga keltirişi mumkin, baland toğlarda qor köçişi xavfi saqlanib turadi”, deyiladi “Özgidromet” ma'lumotida.












