Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoq davlat universitetida öqiydigan qiz va Qoraqalpoğiston tibbiyot institutida öqiydigan yigitni qönğirotlik yigit (qizning avvalgi yigiti) piçoqlab öldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi uşbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinişiça, 2 aprel kuni Qönğirot tumanida yaşovçi 21 yoşli U.T. 20 yaşar qizning orqa tomoniga uy piçoği bilan 3 marta zarba bergan. Voqea Nukus şahar 22-kiçik tumanda joylaşgan 36-sonli maktab qarşisida yuz bergan. U.T. şuningdek, voqea joyidagi 19 yoşli yigitga ham piçoq bilan bir neça bor jarohat yetkazib, qoçib ketgan. Qizning Qoraqalpoq davlat universitetida öqişi ma'lum böldi.

Uşbu holat natijasida 20 yoşli qiz va 19 yoşli yigit şifoxonaga olib borilgan. Biroq, körsatilgan muolajalarga qaramay, 3 aprel kuni S.S. (20 yoşli qiz) şifoxonada vafot etgan. Bolaning holati haqida hozirça ma'lumot berilmadi.

Hodisa yuzasidan 2 aprel kuni Nukus şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-bölimi "a" bandi bilan jinoyat işi oçiladi. Yigit va qizni piçloqlagan U.T Jinoyat -protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qölga olingan. 

Hozirgi vaqtda bu holat böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.