Farğona viloyati Toşloq tumani Zarkent qişloği aholisi şu qişloqdagi Abu Hanifa nomli masjid imomi Nişonboy Ahmadaliyev faoliyatidan norozi bölib kelgan. Ma'lum qilinişiça, masjid imomining odobi ham qolganlarga ibrat böladigan darajada emas. U jahli çiqqan vaqtlarida, köpçilikka qarata “lyuboyingni ustingdan vahhobiy deb yozib tiqtirib (qamatib) yuboraman”, deb dağdağa qilib kelgan. 

1 aprel kuni Özbekiston musulmonlari idorasida odob-axloq hay'atining majlisi bölib ötgan. Yiğilişda Farğona viloyati Toşloq tumani Abu Hanifa nomli masjid imomi Nişonboy Ahmadaliyev ham şaxsan iştirok etgan. Hay'at a'zolarining xalq orasida u haqida yurgan gap-sözlar hamda faktlar böyiça savollariga imom tayinli javob bera olmagan. 

U yangi işga kelganidan to şu kungaça qişloq ahli uni suymaganini, uzoq joyda yaşaşi uçun qiynalayotganini, asabi joyida emasligini bildirib ötgan. Sökinganini esa oçiq tan olgan. 

Hay'at a'zolari vaziyatni atrofliça örganib, bir ovozdan N. Ahmadaliyev imomlikka loyiq emas, degan qarorga kelgan. Bu borada tegişli hujjatlar rasmiylaştirilayotgani ma'lum qilingan.