Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi maxsus transport vositalari hamda profilaktika inspektorlarining shaxciy avtomobillari qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlaydigan maxsus videoregistratorlar bilan ta'minlanadi. Şu maqsadda viloyatga 100 ta ana şunday maxcus qurilma olib kelingan.  

Farğona viloyati IIB YHXB boşliği Yunus Marksovning xabar berişiça, Farğona viloyatida endilikda maxsus videofikcatsiya qurilmalari bilan birgalikda viloyat IIB maxsus transport vositalari hamda hududlardagi profilaktika inspektorlarining şaxsiy avtomobillariga avtomatik tarzda qoidabuzarliklarni aniqlovçi maxsus videoregistrator qurilmalari örnatilmoqda. Hozirda viloyat hokimligi kömagi bilan 100 dona maxsus videoregistrator qurilmalari viloyatga olib kelingan. Kelgusida ularning sonini 1000 taga yetkaziş közda tutilgan.

Ta'kidlanişiça, avtomatik tarzda işlovçi qurilmalar yöllarda boşqa transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni avtomatik ravişda qayd etiş bilan birgalikda, mazkur moslama örnatilgan avtomobilning ham sodir etgan qoidabuzarliklarini şunday tarzda qayd etib boradi. Qayd etilgan qoidabuzarliklarni onlayn tarzda davlat yöl xavfsizligi xizmatining dyhxx.ejarima.uz saytiga yuboradi.

Mazkur tasvirlar boşqarma xodimlari tomonidan körib çiqilgaç, qoidabuzarlik töğrisida qaror qabul qilinadi.