Samarqand viloyati Paxtaçi tumanidagi mahallalardan birida transformator nosoz holga kelib, bir muddat elektr energiya ta'minotida uzilişlar bölgani uçun odamlar norozilik sifatida köçani yopgan.
Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, bugun, 5 aprel kuni Paxtaçi tumani «Saroy» mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi odamlar M37 Samarqand-Buxoro-Aşxobod xalqaro avtomobil yölining şu mahalla hududidan ötuvçi qismini yopişga harakat qilgan.
Bunga, mahallada joylaşgan transformator yaroqsiz holga kelib, odamlarning bir muddat elektr energiyasi ta'minotisiz qolgani sabab bölgan.
Qayd etilişiça, hodisa joyiga IIB xodimlari borib, odamlar bilan tuşuntiriş işlarini olib borgan va ular uylariga tarqatib yuborgan.
Ta'kidlanişiça, ayni damda mahallaga yangi transformator olib borib örnatilmoqda.












