Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudi Makröning talablarini qondirmaslik yuzasidan hal qiluv qarorini çiqardi. Bu haqda Kun.uz'ga sud vakili ma'lum qildi.

Gap nimada?

Kun.uz fevral oyida Makro supermarketining «Samarqand darvoza»dan çiqarib yuborilişiga oid voqealar yuzasidan suriştiruv e'lon qilgan edi. Unda tomonlar örtasidagi kelişmovçilikka Toşkentdagi yirik savdo-köngiloçar «Samarqand darvoza» va Compass markazlari ma'muri – «Özbek-Ömon investitsiya kompaniyasi» MÇJ öz binolarida ijara huquqi asosida faoliyat yuritayotgan Makro supermarketlari bilan tuzilgan şartnomani bekor qilmay, uşbu nuqtalarda boşqa kompaniyalar bilan iş boşlaşini ma'lum qilgani sabab bölgan.

Voqealar nimadan boşlandi?

7 yanvar kuni «Majid Al Futtaim» va «UzOman» strategik hamkorlik aloqalarini örnatişi haqida rasmiy xabar tarqatildi.

Xabarda «Majid Al Futtaim» mart-aprel oylarida Toşkentda ikkita yangi Carrefour gipermarketini işga tuşirişi, gipermarketlar «UzOman»ga tegişli eng yirik «Samarqand darvoza» va «Compass» savdo-köngiloçar markazlarida taşkil etilişi e'lon qilingandi.

Makro nimadan norozi böldi?

«Samarqand darvoza» ma'muriyati 6 yanvar kuni («Majid Al Futtaim» va «UzOman» strategik hamkorlik aloqalarini örnatişi haqida xabar tarqalişidan bir kun avval) ijaraga olingan maydonni qaytarib berişni sörab, Makröga xat yöllagan. Bu haqda supermarket rasmiysi Kun.uz'ga ma'lum qilgandi.

«Ijara şartnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar amal qilgan muddat içida «Samarqand darvoza» tomonidan ijara şartnoma şartlari buzilgani böyiça biror şikoyat kelib tuşmagan. Şuningdek, ijara haqini oşiriş orqali ijara şartnomasini 10 yilga uzaytiriş böyiça «Darvoza savdo» MÇJ (Makro savdo belgisi egasi – tahr.) tomonidan bir neça marta taklif bildirilgan. Bundan taşqari, «Samarqand darvoza»da Carrefour oçilişi haqidagi xabarni tarqatiş Makro huquqlarini poymol etadi», – degan edi kompaniya vakili.

Şuningdek, «Samarqand darvoza» savdo-köngiloçar markazi ma'muriyati – «CD Mall» MÇJ xodimlari Makro supermarketi joylaşgan savdo zali va omborxonani energiya ta'minotidan uzib qöygani ma'lum qilingan edi.