Qarorga muvofiq, muborak Ramazon oyining karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda, uy şaroitida, oila davrasida ötkazilişi uçun zarur şaroitlar yaratiladi.

Özbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma'lumotlarga tayangan holda 2021 yilda Ramazon oyining birinçi kuni şu yil 13 aprel – seşanba kuniga töğri kelişi haqida xulosa qilingan.

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Din işlari böyiça qömita, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi hamda boşqa jamoat taşkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini karantin qoidalariga rioya qilgan holda milliy an'ana va qadriyatlarga mos va munosib holda ötkazişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşirilişi közda tutilgan.

«Joylarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bölgan insoniylik, ma'naviy poklik, sabr-qanoat kabi fazilatlarni e'zozlaş, bugungi tinç va farovon hayotimizni qadrlaş, odamlarni bir-biriga yaxşilik qiliş, ahil va hamjihat bölib yaşaşga da'vat etadigan hamda yoş avlodni ona Vatanga muhabbat, azaliy an'ana va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşga xizmat qiladigan tarğibot tadbirlarini ötkazişga alohida e'tibor qaratilsin», – deyiladi prezident qarorida.