Taşqi işlar vazirligi va Moliya vazirligi qöşma qarori bilan yangi tahrirdagi konsullik harakatlarini bajariş bilan boğliq haqiqiy xarajatlar örnini qoplaş hisobidan yiğimlar undiriş va kelib tuşgan pul mablağlaridan foydalaniş hamda konsullik yiğimlari tarifini AQŞ dollari kursiga nisbatan qayta hisoblaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Haqiqiy xarajatlar örnini qoplaş hisobidan yiğim miqdorini hisoblaş Taşqi işlar vazirligining har bir diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi böyiça tabaqalaştirilgan holda amalga oşiriladi.
Yiğimlar quyidagi miqdorlardan oşmasligi lozim:
- Özbekiston vizasini rasmiylaştiriş uçun – 45 AQŞ dollari;
- Özbekiston fuqarosining xorijga çiqiş biometrik pasportini, şuningdek fuqaroligi bölmagan şaxsning biometrik harakatlaniş hujjatini rasmiylaştiriş uçun – 20 AQŞ dollari;
- fuqarolik masalalari bilan boğliq hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun – 30 AQŞ dollari;
- fuqarolarni röyxatga oliş uçun – 25 AQŞ dollari;
- hujjatlarni legallaştiriş va notarial harakatlarni amalga oşiriş uçun – 15 AQŞ dollari;
- boşqa konsullik xizmatlari uçun – 20 AQŞ dollari.
Haqiqiy yiğim miqdorlari Özbekistonning xorijiy muassasasi rahbari tomonidan Taşqi işlar vazirligi bilan kelişilgan holda belgilanadi.
Haqiqiy xarajatlar AQŞ dollarida, boşqa erkin almaştiriladigan valutada, Özbekiston xalqaro şartnomalariga muvofiq va özaro tenglik tamoyillariga rioya qiliş asosida xorijiy muassasalar joylaşgan davlatlar milliy valutasida (milliy valuta erkin almaştiriladigan valuta bölmagan joylarda) qoplanadi.
Konsullik harakatlari amalga oşirilgani uçun kelib tuşgan haqiqiy xarajatlar örnini qoplaş hisobidan yiğimning 70 foizi davlat budjetiga, 30 foizi esa Özbekistonning Diplomatik xizmat organlarini rivojlantiriş jamğarmasiga yönaltiriladi (ilgari tegişinça 85 foizi va 15 foizi ötkazilgan).












