Xitoyning 11 mln kişilik şahri 2020 yilning 23 yanvaridan 8 apreligaça – deyarli 80 kun davomida taşqi dunyodan töliq uzib qöyilgandi. Ma'lumki, bunga şaharda keyinçalik dunyo miqyosidagi epidemiya - pandemiyaga aylanib ketgan koronavirus tarqalişi sabab bölgan.
Mahalliy aholi taşqi dunyodan yakkalanib, şaharda transport harakati töxtatilgandi va aholining öta zaruratsiz uydan çiqişi taqiqlab qöyilgandi. Öz uylarida “qamalda qolgan” aholiga yegulik va dori-darmonni kurerlar yetkazib bergan. Şifokorlar har bir kasallangan bemor ortidan sinçkov kuzatuv olib borgan.
Şaharda kiritilgan lokdaun 76 kun davom etgan va Uhan rahbariyati 2020 yil 8 aprelda taşqi dunyo bilan transport aloqasi sekin-asta tiklanişini e'lon qilgandi. Şaharda yana bir oy davomida koronavirusga çaliniş holatlari qayd qilib turilgan, biroq 18 may kuni şaharda birorta ham kasallaniş holati aniqlanmagan.
Uhan lokdaun bekor qilingandan köp ötmay, deyarli avvalgi hayot tarziga qaytgan. Şaharda bozorlar, kinoteatrlar, boğlar, kutubxonalar oçilgan, ommaviy tadbirlar ötkazişga ruxsat berilgan.
Ekspertlar va mahalliy aholining ta'kidlaşiça, şahar bir yildan keyin özini önglab, avvalgidan köra jadalroq sur'atlar bilan rivojlanmoqda.
Xitoy raisi Si Tszinpin Uhanga 2020 yil 10 martidagi taşrifi vaqtida “qahramon şaharning qahramon xalqi albatta koronavirusni yengişini, özini tiklab, yangi davrda yanada köproq yutuqlarga erişişini” aytgandi.
“Uhanliklar lokdaun bekor qilingandan bir yil ötib, şahar nafaqat xavfsizroqqa aylanganini, balki ular yanada jipslaşganlari, köproq tabassum qila boşlaganlari va tibbiy xodimlarga hurmatlari oşganini aytişmoqda. Ular, şuningdek, soğliq va oilaga köproq e'tibor bera boşladilar, oilalari bilan ta'tillarda köproq vaqt ötkazmoqdalar”, deb ta'kidlamoqda Global Times naşri.












