AQŞ Savdo vazirligining Sanoat va xavfsizlik byurosi mamlakat milliy xavfsizligi yoki taşqi siyosiy manfaatlariga zid bölgan faoliyatni amalga oşirişda gumon qilib, Xitoynig 7 ta superkompyuter kompaniyalarini «qora röyxati»ga qöşdi.

  • Röyxatga quyidagi Xitoy texnologik kompaniyalari kiritilgan: Tianjin Phytium Information Technology, Shanghai High-Performance Integrated Circuit Design Center, Sunway Microelectronics, National Supercomputing Center Jinan, National Supercomputing Center Shenzhen, National Supercomputing Center Wuxi, va National Supercomputing Center Zhengzhou.

AQŞ rasmiylarining hisoblaşiça, bu kompaniyalar Xitoy qurolli kuçlari foydalanadigan superkompyuterlarni yaratişda iştirok etmoqda. Şu bilan birga, töplangan ma'lumotlar ommaviy qirğin qurollarini yaratiş dasturlarida işlatilişi taxmin qilinyapti.

«Superkompyuterlarning imkoniyati yadro va gipertovuşli qurollar singari milliy xavfsizlik tizimlarini rivojlantiriş uçun juda muhimdir. Savdo vazirligi harbiy modernizatsiya harakatlarini qöllab-quvvatlaş va Xitoyning AQŞ texnologiyalaridan foydalanişiga yöl qöymaslik uçun öz vakolatlaridan töliq foydalanadi», deyilgan vazirlik bayonotida.

2019 yil yozida AQŞda Xitoyning Huawei kompaniyasi xitoylik harbiylar bilan boğlangani va ularga aloqa hamda sun'iy ong tizimlarini işlab çiqişda yordam berişi ma'lum qilingan. Şundan keyin Pentagon Xitoy armiyasi bilan bevosita yoki bilvosita hamkorlik qiluvçi Xitoy kompaniyalari röyxatini tuza boşlagan.

Dastlab bu röyxatga Huawei, videokuzatuv tizimlari işlab çiqaruvçi Hikvision kompaniyasi, CRCC konserni va yana 28ta kompaniya kiritilgan.

Şuningdek, AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp 2020 yil noyabrda amerikaliklarga Xitoyning harbiy-sanoat majmuasi bilan boğlangan Xitoy kompaniyalariga sarmoya kiritişni taqiqlagandi.

Avvalroq, AQŞ Mudofaa vazirligi Xitoy harbiy-sanoat majmuasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritişi gumon qilinayotgan kompaniyalar röyxatini kengaytirgandi. Röyxatga 9ta kompaniya kiritilgan. Ular orasida Xitoy tijorat aviatsiyasi korporatsiyasi va Xiaomi kompaniyasi ham borligi