Amerika mudofaa vazirligi Xitoy harbiy-sanoat majmuasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda deb hisoblanayotgan kompaniyalar röyxatini kengaytirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Agentlik bergan ma'lumotga köra, röyxatga yana töqqizta yuridik şaxs kiritilgan. Ular orasida Xitoy tijorat aviatsiyasi korporatsiyasi va Xiaomi kompaniyasi ham bor.
Qayd etilişiça, bu kompaniyalarga AQŞ investitsiyalari kiritilişi taqiqlanadi. Hujjatga köra, amerikalik investorlar mazkur röyxatdan örin olgan kompaniyalardagi aktivlaridan 11 noyabrga qadar xalos bölişi kerak.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 2020 yil noyabrda amerikaliklarga Xitoyning harbiy-sanoat majmuasi bilan boğlangan Xitoy kompaniyalariga sarmoya kiritişni taqiqlagandi.
2019 yil yozida AQŞda Xitoyning Huawei kompaniyasi xitoylik harbiylar bilan boğlangani va ularga aloqa hamda sun'iy ong tizimlarini işlab çiqişda yordam berişi ma'lum qilingan. Şundan keyin Pentagon Xitoy armiyasi bilan bevosita yoki bilvosita hamkorlik qiluvçi Xitoy kompaniyalari röyxatini tuza boşlagan. Uşbu röyxatga Huawei, videokuzatuv tizimlari işlab çiqaruvçi Hikvision kompaniyasi, CRCC konserni va yana 28ta kompaniya kiritilgan.












