Samandar aka toğ-u toşlar orasida ulğaygan. U esini tanibdiki, qöy, eçki boqadi. Hozir 400dan oşiq zotdor eçkini qir-adirlarda ötlatib yuribdi.

Özining aytişiça, bu eçkilarning yungi qimmatbaho va juda talabgir. Şu sabab Çorkesar qişloği atrofida bu turdagi eçkilar köp boqiladi.

Çöponning bir eçkisi şu kunlarda bolalabdi. Uloqça tuğilganda sovuq şamol hukmron edi, kasal bölib qolmasligi uçun qopga solib yurişgan ekan. Samandar akaning aytişiça, bu turdagi eçkilar bir martada bitta tuğadi. Takasi egizak bölsa, eçki ham egizak tuğişi mumkin.

Usta çöpon erta tongda eçkilarini toğ tomon boşlaydi. Kuni böyi 10-15 km yöl yuradi. Eçkilar toğ-u toşlarda kiyik kabi yurişini hisobga olganda, çöpon ham oddiy odam yurişga qiynaladigan yöllardan yurişiga töğri keladi.

Çöponlar tilida çuvalama yöl, deb ataluvçi söqmoq bizga bir munça qiyinçilik tuğdirdi. Eçkilar bahor payti qir-adirlarda boqiladi. Yungi olingaç, toğ tomon yöl olişadi. Çunki toğda öt-ölan köp.

«U yoqda kiyiköt, bedaka, şuvoq, çaka va köplab öt turi bor», — deydi çöpon.

Undan toğ-toşlar orasida qanday adaşmay yurişini söradik. «Begona joylar bölsa adaşib qolişim mumkin. U ham tuman tuşgan paytda. Bu yerlarda heç adaşmayman. Toğlar orasida nima qayerda joylaşgan, hammasini bilaman», — deydi u.

Çöpon adirga tutaş yerda qurilgan maxsus uyda yaşaydi. Uy oldida qöra qurilgan. Eçki va uloqçalarni çöponning qöriqçi itlari qöriqlaydi. Uloqçalar şu yerda onalari kelişini kutişadi.

Çöpon qişloqdagi uyiga katta öğli navbat almaşganda borib keladi. Hozirda yaşayotgan uyiga elektr energiyasi yetib kelmagani bois quyoş batareyasidan foydalanadi.