Toşkentdagi “Özekspomarkaz” Milliy körgazmalar majmuasida ötkazilayotgan “INNOPROM”: Özbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat körgazmasida Belorusiya sanoat korxonalari mahsulotlari ham taqdim etildi.

Minsk avtomobil zavodi oğir yuk maşinalari, maxsus uskunalar, trolleybuslar va treylerlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yirik muhandislik korxonalaridan biridir.

Turli mamlakatlardan köplab sanoat korxonalarini bir joyga töplagan mazkur körgazmada Made in Belarus milliy brendi ostida Belorusiya sanoat korxonalarida işlab çiqarilgan 26 turdagi uskunalar namoyiş etildi. Bular asosan qişloq xöjaligida foydalaniladigan texnikalar, traktorlar, samosvallar, kombaynlar, quriliş yuk maşinalari va boşqa oğir turdagi texnikalardan iborat böldi. Bu texnikalarning öziga xos jihati ularning dvigatel yoqilğisi tabiiy gazga moslaşganligidir. Bundan taşqari “Belkommunmaş” kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan elektrobuslar ham körgazmadan joy oldi.

Uşbu körgazma pavilonidagi texnikalar yurtdoşlarimizda va rossiyalik iştirokçilarda ham katta qiziqiş uyğotdi. 10 mingdan ortiq kişiga möljallangan körgazmaga Afğoniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmanistondan ham iştirokçilar kelişdi.

Marketing işlari böyiça direktor Vladimir Yanuşkoning aytişiça, kompaniyaning 400dan ortiq agentlari respublikamiz böylab mahsulotlarni yetkazib beriş bilan şuğullanişmoqda. Maxsus texnikalar va qurilişda qöllanadigan transport avtomobillarini yetkazib berişda lizing xizmatining yölga qöyilganligi ham xaridorlar uçun qulaylik yaratyapti. MAZ kompaniyasi tomonidan Özbekiston bozoridagi talabdan kelib çiqqan holda energotejamkor mahsulotlar taqdim etiş maqsad qilingan.

Şuningdek, kompaniya tomonidan yaratilayotgan yangi loyiha haqida ham ma'lumot berib ötildi. Rejaga köra Toşkent şahar jamoat transportida “Aqlli şahar” loyihasi asosida elektrobuslarni yölga qöyiş maqsad qilingan.

Reklama huquqi asosida