Superliga 5-turining markaziy öyini Namanganda ötkazildi. Mahalliy «Navbahor» öz maydonida «Paxtakor»ni qabul qildi. Öyinda Dragan Çeranning dubli evaziga «Paxtakor» ğalaba qozondi. Ğalaba golini serbiyalik futbolçi 90-daqiqada penaltidan urdi. Bu esa mahalliy muxlislarning noroziligiga sabab böldi.
Boş hakam Firdavs Norsafarov Sardor Raşidov yiqilgan holatda avvaliga penalti belgilaşga ikkilanib turdi. VAR'dagi hakamlar bilan maslahatlaşib, vaziyatni özi ekranda takroran körgaç, namanganliklar darvozasiga penalti belgiladi.
Şundan keyin maydonda va undan taşqari juda xunuk işlar bölib ketdi. «Paxtakor» futbolçilari haqorat qilindi, ularga toş otildi, Dragan Çeranni alohida sökişdi, «Paxtakor» futbolçilari öyindan keyin kiyiniş xonasiga kirib ketayotganda «Navbahor» futbolçisi, klub rahbariyati vakillari ularni urmoqçi böldi, haqorat qildi. Bu ham yetmagandek içida hakamlar bor deb öylagan muxlislar «aybi» uçraşuvni jonli efirda olib bergan Öz MTRK maşinasiga hujum qilişdi. Hujumdan mahalliy IIB xodimlari ham quruq qolişmadi.
Xullas, maydondagi kuraşlarga yaraşadigan jöşqinlik taşqarida böldi, maydonda körsatilişi kerak bölgan mahorat maydondan taşqarida «köz-köz qilindi».
#FootWeek'ning uşbu sonini aynan «Navbahor» — «Paxtakor» öyiniga bağişlaşni niyat qilib, pozitiv kayfiyatda, maydonda çinakam mahoratlar töqnaşuvini körişni kutib yölga çiqqandik. Öyin tugagaç, sizga Yevropa futbolini eslatuvçi qaynoq atmosferani içkaridan körsatmoqçi edik, lekin afsuski kameramiz siz uçun asosan negativ kadrlarni suratga oldi. Oçiği bu öyin haqida gapiriş mumkin bölgan pozitiv jihatning özi yöq. Şunçaki tomoşa qiling va holatga özingiz baho bering. Yoqimli tomoşa!












