28 yildan buyon har ikki yilda bir marta muntazam taşkillaştirilib kelinayotgan xalqaro turnirning navbatdagisini turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov oçib berdi.


Vazir öz sözida özbek milliy kuraşini dunyoga tanitişga munosib hissa qöşayotgan Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon va boşqa xorijlik hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.
Tadbirda Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon va Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov sözga çiqdi.

Milliy kuraşni qöllab-quvvatlab, rivojlantiriş maqsadida Özbekistonda allomalar xotirasiga bağişlangan kuraş musobaqalarini ötkaziş an'anaga aylandi.
Buxoro, Xiva, Şahrisabz, Termiz şaharlarida taşkil etib kelinayotgan bellaşuvlar nafaqat mahalliy, balki xorijlik kuraş muxlislarida ham qiziqiş uyğotmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmatiga köra, pandemiya şaroitida ötkazilayotgan XV xalqaro turnirda jahonning 27 davlatidan sportçilar iştirok etmoqda.
Ayni payda kuraş federatsiyasi faoliyat yuritayotgan mamlakatlar soni 129 taga yetgan.

Kuraş sport turini 2025 yilgaça yangi bosqiçga olib çiqiş konsepsiyasi işlab çiqilgan. Unga köra, kuraşni Yevropa, Afrika va Panamerika qit'aviy öyinlari qatoriga rasman kiritiş, Xalqaro sport federatsiyalari assotsiatsiyasi e'tirofiga sazovor böliş, şuningdek, Xalqaro olimpiya öyinlari dasturiga kirişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş közda tutilgan.











