“Sohamiz uzluksiz tanqidlarga nişon böladi, buni töğri tuşunamiz. Kimning uyida svet bölmasa, albatta, e'tiroz bildiradi-da, qolgani iste'molçiga qiziq emas-ku. Lekin e'tibor bersangiz bugun, ya'ni bahor kunlarida ana şunday tanqidlar deyarli yöq. Sababi aniq, iste'mol kam. Oddiy tilda tuşuntirsam – peçkalar öçirilgan, konditsionerlar hali yoqilmagan. Ayni vaqt ta'minot yuzasidan eng yaxşi kunlar hisoblanadi.

Bu gaplarim bilan uzilişlar umuman yöq, demoqçi emasman. Bor, albatta. Lekin ular çeklovlar sababli emas, texnik muammolar tufayli. Ya'ni, ataylab öçirilmayapti.

Men köp marta aytganman, elektr energiyasi saqlab turiladigan mahsulot emas. Bugungi kunlar şu gapimga misol böla oladi. Ya'ni, biz elektr energiyasini kimgadir bermay, yaşirişdan manfaatdor emasmiz. Aksinça, qança köp yetkazib bersak, şunça köp foyda olamiz. Albatta, narxlar oşirilmadi, davlat rahbari topşiriğiga köra bir maromda uşlab turilibdi. Şunga qaramay işlab çiqariş xarajatlari oşyapti.

Biz ana şu ramziy ma'nodagi yaxşi kunlarda kelajakdagi sinovli kunlarga tayyorgarlikni kuçaytirişimiz kerak”, dedi Uluğbek Mustafoyev.

Joriy yil 24 mart kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida davlat rahbari energetika vaziri Alişer Sultonovga yil yakunigaça elektr energiyasi va gaz böyiça qanday özgarişlar bölişi borasida savol bergandi. Vazir bunga javoban qöşni davlatlar bilan oldin işlagan yaxlit tizim tiklanişini ma'lum qildi.

“Oldingidek kuz yoki qiş degan mavsumlar bölmayapti. Çunki yoz oylarida işlatilayotgan sovitiş tizimi hisobiga issiq davrda ham “pik” bölyapti. Ajratilayotgan mablağlar hisobiga bu yildan boşlab zarur talabni qondira oladigan bölamiz. Buning uçun qöşni davlatlar bilan oldin işlagan yaxlit tizimni ham tiklayapmiz”, deya javob bergan vazir.