Qayd etilişiça, videoselektor yiğilişi yoşlar bandligini ta'minlaş masalasiga bağişlanadi.
«Videoselektor yiğilişi prezident boşçiligida bölib ötadi. U yoşlar bandligini ta'minlaş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş çora-tadbirlariga bağişlanadi», deydi manba.
Ma'lumot uçun, joriy yil yanvar oyi oxirlarida prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida yoşlar bandligini ta'minlaş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş çora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötgandi.
Yiğilişda bugungi kunda 18-30 yoşlilar orasida rasmiy işsizlik 17 foiz ekani qayd etilgan. Şu boradagi masalalarni tizimli hal etiş maqsadida Respublika işçi guruhi joylarda öğil-qizlarning takliflarini «mahallabay» örganayotgani bildirilgan.
Yanvar oyidagi yiğilişda joriy yilda 500 ming nafar yoşlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş zarurligi ta'kidlangandi. Tuman va şaharlarda an'anaviy yoki masofaviy öquv kurslarini köpaytiriş, işsiz yoşlarni uşbu tizim orqali kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitib, bandligini ta'minlaş böyiça topşiriqlar berilgan. Bugun ana şu masalalar ham körib çiqilişi möljallanmoqda.












