Termizda o‘tgan xalqaro musobaqada uchko‘priklik polvon qiz oltin medalni qo‘lga kiritdi

Uchko‘priklik Pokizaxon Kamoliddinova O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro kurash musobaqasida g‘olib bo‘lib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning 10 va 11 aprel kunlari Termiz shahrida O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XV xalqaro kurash musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada 27 davlatdan yuzdan ziyod polvon va mehmonlar ishtirok etdi.
15-bor tashkil etilgan an'anaviy xalqaro musobaqada erkaklar oltita (-60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg va +90 kg), ayollar esa beshta (-48 kg, -57 kg, -63 kg, -70 kg, +70 kg) vazn toifasida o‘zaro bellashdi.
Ayollar o‘rtasida +70 kilogramm vazndagi bellashuvlarda g‘oliblik Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidan bo‘lgan Pokizaxon Kamoliddinovaga nasib etdi va u oltin medal bilan mukofatlandi. Mazkur vazn toifasida ikkinchi o‘rin qozog‘istonlik Azman Amayevaga, uchinchi o‘rin esa yana bir o‘zbekistonlik hamyurtimiz Flyura Ergasheva va rossiyalik Guseyo Vladiyenoga nasib etdi.
Ma'lumot uchun, Al-Hakim at-Termiziy xalqaro musobaqasining umumiy mukofot jamg‘armasi 100 min dollarni tashkil etib, har bir vazn toifasi g‘oliblariga 3 ming dollar, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilarga 2 ming hamda ikkita 3-o‘rin sohiblariga ming dollar miqdorida pul mukofotlari topshiriladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi

12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi

10:57 / 25.11.2024
Mo‘g‘ulistonda o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

08:35 / 24.05.2024