Ukraina Rossiyaning harbiy faolligi tufayli YeXHT yiğilişini çaqirdi. Bu haqda Ukrainaning xalqaro taşkilotlardagi doimiy vakili Yevgeniy Tsimbalyuk özining Twitter sahifasida ma'lum qildi.

 "Ukraina Rossiyaning Ukraina çegarasi böylab va vaqtinça egallab olingan hududlarida harbiy faolligini sezilarli darajada oşirgani masalasini körib çiqiş uçun YeXHTning doimiy kengaşi va xavfsizlik böyiça hamkorlik forumining qöşma yiğilişini çaqirdi", - deb yozdi u.

Öz navbatida, AQŞning YeXHTdagi missiyasi Rossiyada 48 soat davomida öz harakatlarini izohlaş uçun yana bir imkoniyat bölişini bildirdi.

 "Rossiya qöşinlari harakati haqida ma'lumot beriş yoki Vena hujjati böyiça şaffoflikni ta'minlaşdan boş tortdi. Biz Rossiyani majburiyatlarini bajarişga va öz harakatlari yuzasidan izoh berişga çaqiramiz", - deyiladi missiya xabarida.

 Rossiya YeXHTning 10 aprel kuni ötkazilgan yiğilişida qatnaşişni rad etgandi.