«Xorazm» sport majmuasi 2015 yilda «Umid nihollari» musobaqalariga tayyorgarlik köriş maqsadida ta'mirlaşga yopilgan edi. Biroq, rejadagi işlar yakuniga yetkazilmadi, ta'mirlaş uçun ajratilgan mablağlar talon-toroj qilindi, bunga yöl qöygan amaldorlar jazolandi.
Ammo, xorazmlik futbolçilar va muxlislar ajoyib stadiondan mahrum bölişdi.

«Xorazm» futbol klubi bu vaqt mobaynida viloyatning boşqa stadionlarida öynadi. Hozirgi vaqtda jamoa sun'iy maydonga ega «Yoşlik» öyingohida futbol öyinlarini ötkazmoqda. Uşbu öyingohning siğimi juda kiçik bölib, atigi 950 tomoşabinni siğdira oladi. Bu esa Pro-liga bahslari uçun kam. «Xorazm» klubining har bir öyiniga kamida 2-3 ming tomoşabin yiğilmoqda, biroq, ularning bir qismi maydon atrofida tik turgan holda futbol tomoşa qilişga majbur bölmoqda. Boşqalari joy topolmay, qaytib ketişmoqda.
«Xorazm» sport majmuasi faoliyatini tiklaşga bir neça yillardan buyon harakat qilinyapti, ammo samarasiz. Stadion ma'muriyati bergan ma'lumotga köra, maydon çimining tayyor holatda emasligi bunga asosiy sabab bölyapti.
«Xorazm viloyatining markaziy öyingohida ta'mirlaş işlari «Janubgazquriliş» AJ tomonidan töliq yakunlangan. Stadiondagi tablo, yoritkiçlar, örindiqlar tayyor holatga keltirilgan. 2019 yil iyun oyida «Özbekiston temir yöllari» AJ homiyligida Toşkent şahrining «Rita invest» firmasi bilan Janubiy Koreyaning «Kentucky Blugrass» navli çimini ekiş böyiça şartnoma tuzilgan edi. Hozirgi kunda futbol maydonining 70 foiz çimi tayyor holatda bölib, qolgan 30 foiz qismida parvarişlaş işlari olib borilmoqda. Çimning sekin ösişini mutaxassislar iqlim şaroiti, yer va suv bilan boğliq ekanini ta'kidlaşmoqda», deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov «Xorazm» sport majmuasi çimi 2021 yil mart oyida tayyor bölişi, «Navröz» bayrami arafasida öyingohning oçilişi haqida aytgan edi. Yangi ma'lumotlarga köra, stadionning oçilişi avgust oyiga köçirilgan. Agar maydon çimi tekis unib çiqmasa, bu muddat yana uzayişi mumkin.
Nurmuhammad Said











