Tayinlovdan oldin B.Rahimov Özbekiston prezidenti administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qömitasida turli lavozimlarda işlab kelgan.
B.Rahimov yangi lavozimida eksportni qöllab-quvvatlaş milliy tizimi samarali işlaşini ta'minlaş, tarmoq va hududlar eksport salohiyatini rivojlantiriş, taşqi bozorlarda kompleks marketing siyosatini olib boriş, şuningdek, transport-kommunikatsiya va logistika salohiyatini, xalqaro transport yölaklarini rivojlantiriş masalalarini muvofiqlaştirişga mas'ul böladi.
Bundan oldinroq 2020 yildan buyon Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari lavozimida işlab kelgan Anvar Asamov Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş boş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi. Rahimov investitsiya vazirligida Asamovning örnini egalladi.
Bojxona qömitasida esa Rahimovning örniga Ötkir Qodirov tayinlangan.

















