Çempionlar ligasi. 1/4 final. Javob öyini
«PSJ» — «Bavariya» — 0:1 (0:1)
Gol: Şupo-Moting, 40.
«PSJ» (Fransiya): Navas, Kimpembe, Diallo (Bakker, 58), Dagba, Geyye, Draksler (Kin, 73), Danilu Pereyra, Paredes, Di Mariya (Errera, 89), Neymar, Mbappe.
«Bavariya» (Germaniya): Noyyer, Boateng, Alaba, Ernandez, Pavar, Kimmih, Myuller, Koman, Deyvis (Musiala, 71), Şupo-Moting (Havi Martines, 85), Sane.
Ogohlantirişlar: Alaba, 52. Dagba, 55. Myuller, 68. Errera, 90.
Hakam: Orsato (Italiya).
13 aprel. Parij. «Park de Prens» stadioni.
Birinçi öyin — 3:2.
Öyindan oldin «PSJ» boş murabbiyi Maurisio Poçettino odatda protokollar uçun keltiriladigan navbatçi sözlarni aytgandi: «Maydonda har nima bölişi mumkin». Parijliklar safardagi birinçi öyinda 3:2 hisobida ğalaba qozonişgan va öz maydonlarida özlarini xavfsizlikda his qilişlari mumkin edi, ammo ötmiş şarpalari ularni hamon ta'qib qilardi. 2017 yilda klub YeÇL 1/8 finalida «Barselona»ni Parijda 4:0 hisobida yengib ham turnirni tark etişgandi, ikki yil ötib fransuzlar xuddi şu bosqiçda safardagi birinçi öyinda «Mançester Yunayted»ni — 2:0 hisobida yengib ham turnirdagi iştirokini töxtatgandi, javob uçraşuvida 1:3 hisobidagi mağlubiyat qayd etilgan.
Yana ikki yil ötdi, 2021 yil boşlandi. «PSJ» 1/8 final bosqiçidagi tavqi la'natdan qutulgandek («Barsa» safarda 4:1 hisobida mağlub etildi, javob öyinida 1:1 hisobi qayd etildi), ammo parijliklarning katta ustunligi hali heç narsani anglatmasligi davom etmoqda. «Park de Prens»dagi javob öyinidan oldin tvitterdagi yumoristik akkauntda ikkita oddiy javob varianti bilan sörovnoma ötkazildi: parijliklar yölida davom etadimi yoki PSG do a PSG, sözma-söz tarjimada — «PSJ» «PSJ»ligini qiladi. Ikkinçi variant uçun köproq ovoz berildi.
«Bavariya» — «PSJ»: Parijning qasosi. Birinçi sahna
«PSJ» Myunxendagidan yaxşiroq öynadi

Myunxendagi öyindan keyin ikki jamoaning tarkibdagi muammolari yanada oğirlaşdi. Xans-Diter Flik Myunxendagi öyinni yakunlagan tarkibni tuşirdi - Alaba va Kimmix tayanç zonasida (Goretskaning jarohati tufayli), Boateng va Ernandez himoya markazida (Zyulening jarohati tufayli), Devis çap qanotda (Ernandez markazga köçgani tufayli). Şupo-Moting esa hujum markazida (Levandovski örniga).
Poçettino ham barça yöqotişlarni hisobga olgan holda tarkib tuzişga majbur böldi. Diskvalifikatsiya muddatini ötab bölgan Paredes tayanç zonasiga qaytdi, jarohatidan endigina foriğ bölgan Verratti va Florensi zaxirada qoldi. Ötgan öyinda jarohat olgan Markinos örniga Pereyrani qöyişga töğri keldi. Zaxira futbolçilari Dagba va Diallo, himoyaçiga aylantirilgan yarimhimoyaçi Perreyra bilan himoya çiziği mezbonlarning eng zaif joyiga aylandi.
«Bavariya» ilk daqiqalardanoq ötgan öyindagi rejimni yoqib öynadi: raqib hududiyoq kuçli pressing va qanotdan qanotga töp uzatib, pozitsion hujum uyuştiriş. Ammo ötgan yildagidan köra farqlar bor edi.
Myunxenda «PSJ» yuqori pressingga doş bera olmay töpni köp yöqotgandi, qarşi hujumlar juda kam bölgandi, pozitsion hujumlar esa deyarli kuzatilmagandi. Şu tufayli «Bavariya» doimiy bosim uyuştirgan, ketma-ket golli vaziyatlar uyuştirgandi. Parijda esa öyin butunlay boşqaça boşlandi.
Mehmonlar butun jamoa bölib pressing uyuştirgan bölsa-da, «PSJ» özini yöqotib qöymadi: futbolçilar töpni oson yöqotişmadi, himoyadan qisqa paslar orqali çiqişdi va Neymar hamda Mbappeni doimiy ravişda paslar bilan ta'minlab turişdi.
Myunxendagi öyinning birinçi bölimida töpga egalik qiliş böyiça «Bavariya» 62 foizlik ustunlik körsatgan, zarbalar beriş böyiça hisob 12:2 körinişini olgandi. Parijda esa birinçi bölimda töpga egalik qiliş nisbati «Bavariya» foydasiga 56 foizga 44 foiz, zarbalar soni böyiça 3:2 böldi.
Neymar — birinçi bölimdagi asosiy omadsiz
Butun öyin davomida «PSJ» «PSJ»ligini qildi. Albatta, ataylab emas. Birinçi bölimda Neymar kamida uç marta yaqqol golli vaziyatni yöqqa çiqardi, goh ustunni, goh tösinni, goh Noyyerning qöllarini möljalga oldi — balki braziliyalik futbolçini ayblaş kerak emasdir, balki uning oyoqlari ötmişdagi omadsizliklar tufayli qaltirardi.

Tanaffusga qadar hakamlar jamoasi şubhali ofsayd tufayli fransuzlarning hujumini töxtatib qolişdi, holbuki hakamlarga vaziyatning yakunini kutiş tavsiya etilgan - biror e'tiroz bölsa, VAR barçasini töğrilaydi. Ijtimoiy tarmoqlar parijliklar jamoasi muxlislari e'tirozlariga tölib ketdi.
«PSJ» birinçi bölimda osonlik bilan ğolib bölişi mumkin edi — amalda esa bölimni «Bavariya» öz foydasiga hal qildi. Parijliklar klubining çiroyli hujumlari va zarbalari heç narsa keltirmadi, Şupo-Moting esa golga öxşamaydigan gol urdi. Ammo asosiysi — hisobni oçdi.
Kamerunlik futbolçining muvaffaqiyatidan keyin «PSJ» futbolçilari asabiylaşa boşlaşdi. Juda köpçilik 2017 yilda Barselonada, 2019 yilda Parijda bölgan voqealarni yodga ola boşladi. Axir endi «Bavariya»ga bir gol kifoya qilar va jamoa yarim finalga çiqişi mumkin edi.
Maydon egalari esa bitta ham gol ura olişmadi. Ikkinçi bölim boşida Di Mariyaning zargarona pasidan keyin Neymar juda qulay vaziyatni kökka sovurdi, Mbappe yakkama-yakka vaziyatga çiqib borib, darvoza törini titratib gol urdi ham — ammo hakam ofsayd ekanini körsatib huştak çaldi. Poçettino maydon çetida turib lablarini tişlardi — axir u omadsiz romantik sifatida tanilgan, «Tottenhem»dagi faoliyati mobaynida Maurisio birorta sovrin yutmagan.
«Barselona» va «Mançester Yunayted»ga qarşi öyinlarda barçasi qöşimça daqiqalarda hal bölgandi — öşanda kataloniyaliklar öyin oxirida «PSJ» darvozasiga ikki gol urib, qahramonlik körsatişgan, Markus Reşford esa penaltini aniq ijro etgandi. Bu öyinda ham qöşimça daqiqalar şiddatli keçdi. Parijliklar yanada köproq asabiylaşa boşlaşdi va köplab vaziyatlarni ötkazib yuborişdi, «Bavariya» esa himoya çiziğini haddan taşqari oldinga surdi. Myunxenliklar jamoasining deyarli barça futbolçilari sönggi 20 daqiqalikda Navasning darvozasi atrofida harakat qildi. Ammo «PSJ» hujumlarni nima qilib bölsa ham qaytarib turdi.
Qöşimça daqiqalarda «Bavariya» ham golli vaziyat yaratdi, ammo Navas xavfli uzatmani töxtatib qolib, «PSJ»ga kerakli hisobni saqlab qoldi. Şu pallada «MYu»ga qarşi öşa öyinda parijliklarni hatto Buffon ham qutqara olmaganini esladi. Bundan kelib çiqmoqdaki, Navas buyuk italyandan zörroq, bu mantiqan ham töğri — Keylor Janluijidan farqli ölaroq, «Şalpangquloq kubok»ni qölga kiritgan.
«PSJ» baribir turib berdi. Ha, bu uydagi mağlubiyat, ammo keng olib qaraganda — bu unça katta tarixga ega bölmagan klub tarixidagi eng muhim ğalabalardan biri. Yengilmas «Bavariya» turnirni tark etdi, «PSJ» esa raqibni ham, özini ham yenga oldi. Aftidan, parijliklar çindan ham ösdi va katta ğalaba uçun yetildi.













