“Özbekgidroenergo” axborot xizmati xabariga köra, uçraşuvda mamlakatda ilk bor gidroakkumulyatsiyalovçi elektr stansiya (GAES) qurilişi, suv omborlarida suzuvçi quyoş stansiyalarini örnatiş, ikki tomondan maxsus işçi guruhlar tuziş hamda asosiy taşkiliy masalalarni muhokama qiliş borasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oşiriş böyiça dastlabki kelişuvlarga erişildi, şuningdek, özaro amaliy hamkorlik böyiça memorandum imzolaşga kelişib olindi.
Ma'lum qilinişiça, Toşkent viloyati Böstonliq tumanida qurilişi rejalaştirilayotgan Xöjakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt.ga teng.
Ma'lumot uçun, EDF Fransiyadagi elektr energiyasi işlab çiqaruvçi eng yirik davlat kompaniyasi va dunyodagi eng yirik atom elektr stansiyasi operatori hisoblanadi.
Gidroakkumulyatsiyalovçi elektr stansiya (GAES), nasosli akkumulyatsiyalovçi elektr stansiya — işlaş tarzi boşqa elektr stansiyalardan olinadigan elektr energiyasini suvning potensial energiyasiga aylantirib (akkumulyatsiyalab), keyin zarur bölganda uni qayta elektr energiyaga aylantirib, energiya tizimi (energosistema)ga beradigan gidroelektr stansiya.
















